Bu haqda prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi PF–243-son farmonida belgilandi. Hujjat 11-noyabrdan kuçga kirdi.

Hokimlik boşqaruv apparati 14 nafar xodimdan iborat böladi. Tuzilmada hokimning birinçi örinbosari va yana ikki örinbosari, yordamçi, axborot xizmati rahbari, taşkiliy-nazorat guruhi hamda boşqa masʼul xodimlar faoliyat yuritadi.

Şaharda davlat organlari va taşkilotlarining 16 ta bölinmasi uçun jami 30 ta ştat birligi belgilangan. Ular tegişli idoralarning amaldagi umumiy ştatlari doirasida taşkil etiladi.

Yangi Toşkent hokimligi tegişli maʼmuriy-hududiy birlik taşkil etilguniga qadar faoliyat yuritadi. Hokimlik va davlat idoralarining bölinmalariga direksiyaga doimiy foydalaniş uçun berilgan hududlarda Toşkent viloyati hamda tumanlaridagi tegişli organlar vakolatiga kiruvçi masalalar böyiça mustaqil qaror qabul qiliş huquqi beriladi.

Hokimlikni saqlaş xarajatlari respublika byudjetidan moliyalaştiriladi. Hokimlik va davlat idoralarining bölinmalari vaqtinça sobiq «Yangi Toşkent» loyihasi ofisi binosiga tekin foydalaniş huquqi bilan joylaştiriladi.

Boş prokuratura, Içki işlar, Adliya, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlarga bir oy içida şaharda öz tuzilmalarini taşkil etiş topşirildi.

Vazirlar Mahkamasi ön kun içida hokimlikni taşkil etişga doir taşkiliy-texnik çoralarni işlab çiqişi, uç oy içida esa Yangi Toşkentning maʼmuriy-hududiy maqomi böyiça taklif kiritişi kerak.