Jahon | 07:52 / 18.10.2016
12396
2 daqiqa o‘qiladi

Xillari Klinton davlat departamentidan mebel va lampalarni olib chiqib ketganligi fosh qilindi

Foto: Getty Images

Xillari Klinton AQSh davlat kotibi bo‘lib ishlagan kezlarida o‘z yordamchilari bilan davlat departamentidan o‘zining Vashingtondagi qarorgohidan mebel jihozlari va yorug‘lik lampalarini olib chiqib ketgan. Sobiq davlat kotibi ishining bu va boshqa "nozik jihatlari" haqida Klinton xavfsizligini ta'minlagan FQBning sobiq agenti gapirib berdi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda

Agentning aytishicha, Klinton muntazam ravishda qoidalarni buzgan va shu bilan maxsus xizmatlarga jiddiy muammolar yetkazgan. Misol uchun, bayonnoma bo‘yicha xorijiy safarlar vaqtida Klinton AQSh elchisi bilan bir mashinada o‘tirishi kerak bo‘lgan, biroq u ko‘pincha bu qoidaga amal qilmay, mashinada o‘z yordamchisi bilan ketgan. Klinton  yana o‘z xohishicha, maxsus xizmatlar xodimlarining tavsiyalarini inobatga olmay, alohida zaruratsiz xavfli tumanlarga borgan.  

Sobiq agent Klinton davlat kotibi lavozimidan ketgach, davlat departamentidan olib chiqib ketgan buyumlarini qaytarib berganiga ishonchi komil emasligini aytmoqda. 

 

Mavzuga oid