AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp agar u prezidentlik saylovlarida ğolib bölsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan inauguratsiyasigaça uçraşiş istagini bildirdi. AQŞning yangi prezidenti inauguratsiyasi 2017 yil 20 yanvarda bölib ötadi.

Tramp radioboşlovçi Maykl Sevijga bergan intervyusida u Vaşington bilan Moskva örtasidagi qurolli ixtilofning oldini qanday olgan bölişi haqidagi savolga şunday javob berdi. Intervyudan parçalarni Politico naşri çop etdi.

"Agar men 8 noyabrda yutsam, unda yangi lavozimda işni boşlagunimça Putin bilan uçraşişni istardim. Fikrimça, bu ajoyib bölardi", deb milliarderning sözlarini keltirib ötdi naşr. 

Naşrning ta'kidlaşiça, "Tramp tafsilotlarga berilmay, muammo qisman AQŞning hozirgi ma'muriyati Putinga nisbatan juda hurmatsizlik qilayotganidan iboratligini" ta'kidlab ötdi.