Turkiya Milliy Harakat partiyasi yetakçisi Devlet Baxçeli Turkiyaning prezidentlik davlat boşqaruviga ötiş böyiça referendum ötkaziş ğoyasini ma'qulladi. 

"Prezidentlik boşqaruvi masalasini xalqqa taklif qilişda heç qanday muammo yöq. Biz bu masalani hal etiş uçun xalqqa murojaat qilişdan boş tortmaymiz", — degan Baxçeli Milliy partiyaning parlament fraksiyasida.

Ötgan haftada Turkiya boş vaziri, Adolat va Taraqqiyot partiyasi yetakçisi Binali Yildirim prezidentlik boşqaruviga ötişni nazarda tutuvçi yangi konstitutsiya loyihasini parlament muhokamasiga kiritişini ma'lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, parlament loyihani konstitutsion köpçilik bilan ma'qullaşi (parlamentning 367 nafar deputati ovoz bersa) yoki (330 nafardan ortiq deputat tasdiqlaşi bilan) umumhalq referendumiga çiqarişi mumkin. 

Keyinroq, Turkiya adliya vaziri Bekir Bözdoğ yangi konstitutsiya böyiça referendum 2017 yil boşida ötkazilişi mumkinligini aytgandi.