09:30 / 19.10.2016
4548

70 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi

Foto: nytimes.com

Turli sohalardagi yetakchi olimlar, Nobel mukofoti sovrindorlari guruhi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni AQShda erkinlikni himoyalashga yagona imkoniyat deb atab, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi. Bu haqda 70 nafar Nobel mukofoti sovrindori imzolagan maktubda aytilgan, deb xabar bermoqda The New York Times.

"Bizga fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlovchi va uni ilgari suruvchi prezident lozim", deb aytildi maktubda.  

Olimlar maktubda shuningdek saraton, Altsgeymer kasalligi va Donald Tramp Xitoyning "firibgarligi" deb atagan iqlimning o‘zgarishi kabi global muammolarga e'tibor qaratishgan. 

Klintonning Nobel mukofoti sovrindorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi yangilik emas. 2008 yilda 76 nafar, 2012 yilda 68 nafar Nobel mukofoti sovrindori Barak Obamaning AQSh prezidentligi uchun nomzodini qo‘llab-quvvatlagandi.  

 

Mavzuga oid
Top