Özbekistonda davlat oliy taʼlim muassasalariga qabulda vakant qolgan örinlar uçun qöşimça tanlovda iştirok etişni xohlovçilarni röyxatga oliş boşlandi. Bu haqda Bilimni baholaş agentligi xabar berdi.

Agentlikka köra, bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş imtihonlarida iştirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball töplagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, şu jumladan, röyxatdan ötişning ikkinçi bosqiçida oliy taʼlim taşkiloti va bakalavriat taʼlim yönalişlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant örinlar mavjud bölgan, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça qöşimça tanlovda iştirok etiş imkoniyati yaratildi.

2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (şu kuni ham) my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qöşimça tanlovda iştirok etiş uçun röyxatdan ötişlari mumkin.

Abituriyentlarga fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bölgan, vakant örinlar mavjud bakalavriat taʼlim yönalişlarini tanlaş huquqi beriladi.

Röyxatdan ötgan abituriyentlar vakant örinlarga töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda, bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.

Tanlov yakunlari böyiça agentlik tomonidan tegişli tanlov qaydnomalari şakllantirilib, oliy taʼlim taşkilotlariga taqdim etiladi.

Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevga köra, vakant örinlar soni 32 mingta. Lekin barça fanlar majmuasi uçun ham vakant kvotalar mavjud emas. Masalan, platforma tarix va çet tili yönalişida vakant joy yöqligini körsatmoqda.

“Siz tanlagan fanlar majmuasi uçun vakant kvota bor bölsa ham, lekin siz istagan hududga va oliygohga bölmasligi mumkin. Menga Toşkent kerak edi, menga falon oliygoh kerak edi, deganingiz bilan foyda yöq. Röyxatda qayer çiqsa, öşanga bor, çiqmaganiga yöq