BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi binosida Yaponiya hukumati hamda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi örtasida rasmiy notalarni imzolaş va özaro almaşiş marosimi ötkazildi. Bu haqda “Turkiston-press” xabar bergan.

Yaponiya hukumati BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining “Özbekistonda idoralararo mobil guruhlar taşkil qiliş orqali Afğonistonda işlab çiqarilgan giyohvand moddalarning kontrabandasiga qarşi kuraş olib boriş” nomli dasturini amalga oşirişi uçun 263 million Yaponiya iyenasi miqdorida (2 500 000 AQŞ dollari atrofida) mablağ ajratildi.

Almaşinuv notalari, Yaponiyaning Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elçisi janob Nobuaki Ito va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Aşita Mittal xonim tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş Milliy axborot-tahlil markazi direktori janob Ahmad Mansurov iştirokida imzolandi.

Uçraşuvda Nobuaki Ito Yaponiyaning BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi va Özbekiston Respublikasi örtasida çegaralarni muhofaza qiliş va narkotrafikka qarşi kuraş olib boriş sohalarida amalga oşirilayotgan hamkorlikka juda katta ahamiyat berişini ta'kidladi. Yaponiya Boş vaziri janob Sindzo Abening Özbekiston Respublikasidagi 2015 yil oktabr oyida qilgan taşrifi yakunlari yuzasidan qabul qilingan Hamkorlikdagi Kommyunike matnida ham örin olganligiga urğu berdi. Bundan yanada takomillaştirişga qaratilgan va imzolangan dastur Yaponiya hamda Özbekiston Respublikasi, şuningdek, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi örtasidagi uç tomonlama hamkorlik va özaro işonçni yanada mustahkamlaş va jadallaştirişga öz hissasini qöşadi deb ta'kidladi va dasturni amalaga oşirişda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Dasturdan örin olgan tadbirlarni BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Markaziy Osiyo davlatlari uçun 2015-2019 yillarga möljallangan dasturi doirasida amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Afğoniston bilan umumiy çegaraning mavjudligi va transmilliy narkotik guruhlari tomonidan giyohvand moddalarni noqonuniy olib ötiş uçun Özbekiston va qöşni mamlakatlar hududlaridan foydalanişga urinişlar kabi 2 omilning dolzarbligiça qolayotganini hisobga olib, idoralararo mobil guruhlar (IMG) taşkil qilinişi Özbekistonning huquqni muhofaza qiliş sohasidagi salohiyatini yanada oşirişga imkon yaratadi.

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Aşita Mittal xonim Yaponiya Hukumatiga qöşgan hissasi uçun, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Hukumatiga davomli va muntazam hamkorlik va şeriklikni ta'minlab kelayotgani uçun öz minnatdorçiligini izhor etib, giyohvand moddalar noqonuniy savdosining oldini olişda keng qamrovli, özaro kelişilgan hamda izçil strategik yondaşuvni qöllaş zarurligiga urğu berdi. Aşita Mittal xonim, giyohvand moddalarning noqonuniy va transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş olib borişga yönaltirilgan samarali strategiyalar tinçlik va barqarorlik, şuningdek, qonun ustuvorligiga tayangan samarali davlat boşqaruvini hamda mustahkam rivojlanişni ta'minlaşda muhim rol öynaydi, deb ta'kidladi.

“Özbekistonda idoralararo mobil guruhlar taşkil qiliş orqali Afğonistonda işlab çiqarilgan giyohvand moddalarning kontrabandasiga qarşi kuraş olib boriş” nomli dasturini amalga oşiriş uçun grant mablağlari ajratilişi rasmiy notalarni imzolaş va özaro almaşiş maqsadida taşkil etilgan marosim, giyohvand moddalarning kontrabandasiga qarşi kuraş olib boriş borasida hamjihatlikda amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlarning muntazamligidan dalolat beradi. Erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişi, oldimizga turgan muammolarni yanada samaraliroq bartaraf qilişga öz hissasini qöşişga, davlatlarimizga sezilarli foyda keltirişiga, şuningdek, mintaqa aholisining farovonligi, soğliği va xavfsizligiga ijobiy ta'sir körsatişiga işonaman", – deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy axborot-tahlil markazi direktori A.Mansurov.