Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari Yamalda baxtsiz hodisaga uçragan Mi-8 vertolyotining ikkita «qora qutisi»ni topişga muvaffaq böldi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. 

««Qora qutilar»ning ikkalasi ham topildi. Tergov amaliyotlari yakunlangaç, ular oçilib, öqiş uçun yuboriladi», — degan agentlik manbasi. Ularning ikkisi ham yaxşi holatda ekani aytilmoqda. 

Şuningdek, mintaqa rahbari matbuot xizmatining xabariga köra, «favqulodda holat böyiça ötkazilgan majlisda tovon tölaş masalasi körib çiqilgan. Halok bölganlarning oila a'zolariga 1 mln rubldan tölaşga qaror qilingan». 

Sönggi ma'lumotlarga binoan, vertolyot bortida jami 22 kişi bölib, ularning 19 nafari qurbon bölgan, 3 nafari jabrlangan. Jarohatlanganlar şifoxonaga yetkazilgan. Şifokorlar ularning ahvolini öta oğir deb baholaşgan. 

Avvalroq, 21 kişining hayotdan köz yumgani xabar qilingan edi.