Turkiya boş vaziri Binali Yildirim Turkiyaning yangi konstitutsiyasi ustida iş yakunlanganini e'lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz yangi konstitutsiya va boşqaruvning prezidentlik şakli ustidagi işni yakunladik", deb aytdi Yildirim.
Yildirimning aytişiça, yaqin orada qonunçilik taşabbusi parlamentga körib çiqiş uçun topşiriladi.
Avvalroq Turkiyaning yangi konstitutsiyasi böyiça referendum 2017 yil aprelida boşlanişi mumkinligi ma'lum qilingandi.












