Joriy yilning 26 oktabri kuni Özbekiston delegatsiyasi Qirğiziston Respublikasiga taşrifni amalga oşiradi. Bu haqda Qirğiziston hukumati saytida ma'lum qilingan.
Taşrifning asosiy maqsadi – özaro qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş hisoblanadi.
1 oktabr boşida Muxammetkali Abulgaziyev boşçiligidagi Qirğiziston delegatsiyasi Özbekiston tomoni taklifi bilan Andijon viloyatiga taşrif buyurgan hamda qirğiz-özbek munosabatlarini mustahkamlaş va rivojlantirişga qaratilgan tadbirlarda iştirok etgan edi.
Özbekiston delegatsiyasi çegaraga yaqin bölgan Öş viloyatiga taşrif buyurib, şahar markazida bölib ötadigan madaniy-bayram tadbirlarida iştirok etadi va Qirğiziston xalqlar assambleyasi vakillari bilan uçraşadi.
Şuningdek, Bobur nomidagi özbek drama teatrida mehmonlarga “Semetey — Manas öğli” nomli teatrlaştirilgan postanovkasi namoyiş etiladi.
Şundan keyin Özbekiston delegatsiyasi şahar markazidagi qişloq xöjalik mahsulotlari namoyişida va Öş Davlat universitetining “Ak Burra” kampusida bölib, Tibbiyot fakulteti talabalari bilan uçraşişadi.
Taşrif yakunida Özbekiston vakillari “Sulayman-Too” tarixiy-etnografik majmuasiga taşrif buyurişib, ikki tomonlama hamkorlik haqidagi hujjatlar imzolaşadi.











