AQŞ va Xitoy vakillari fazoni örganiş sohasida hamkorlik qilişga doir ikkinçi davra muloqotini ötkazişdi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Vaşingtonda bölib ötgan muzokaralarda, asosan, ikki tomon taşqi işlar mahkamalari rasmiy vakillari iştirok etişgan. Bundan taşqari, Amerika delegatsiyasi tarkibiga NASA direktori Çarlz Bolden, AQŞ okean va atmosferani örganiş Milliy boşqarmasi xodimlari, Federal aviatsiya boşqarmasi va mudofaa vazirligi vakillari kirgan.
"Tomonlar uçraşuvda özlarining siyosati va fazoviy dasturlari borasida fikr almaşib, kelgusi hamkorlikni muhokama etişgan", - deyiladi davlat departamenti xabarida. Unda, xususan, Yerga yaqin fazo kengliklari, iqlim özgarişlari, fazoviy çiqindilar va parvozlar xavfsizligiga oid muammolarga e'tibor qaratilgan.
Muzokaralarning navbatdagi davrasi 2017 yilda Xitoyda bölib ötişi belgilab olingan.












