Jahonning 80dan ortiq huquqni himoya qiliş va gumanitar taşkilotlari, rasmiy Moskvaning Suriyadagi siyosati tufayli Rossiyani Inson huquqlari böyiça BMT Kengaşi a'zoligidan mahrum etişni talab qilişmoqda. Bu haqda Independent naşri yozmoqda.

Taşkilotlar uşbu masalani Inson huquqlari böyiça BMT Kengaşida şu hafta juma kuni ötkazilişi rejalaştirilgan ovoz beriş jarayonidan avval kötarişgan. Ovoz beriş jarayonida Rossiya, Vengriya va Xorvatiya Kengaş işida Şarqiy Yevropa manfaatlarini aks ettiriş huquqi uçun kuraşadi, deb yozadi Independent.

Huquqni himoya qiliş taşkilotlari öz bayonotlarida juma kuni ovoz beruvçilarni bir jihatga e'tibor berişga çaqirgan. U ham bölsa, ularning ta'kidlaşiça, "RFning Suriyadagi siyosati uning inson huquqlariga sodiqligini uqdirişiga zid ölaroq amalga oşirilmoqda". 

Independent naşrining ma'lum qilişiça, taşkilotlar şuningdek, RFning BMT XK doimiy a'zosi sifatida Halabda öt oçişni töxtatiş töğrisidagi rezolyutsiyaga vetosi hamda havo zarbalarini qöllab-quvvatlaşi Inson huquqlari böyiça BMT Kengaşi maqsad va vazifalariga mos kelmaydi. Murojaatni imzolagan taşkilotlar orasida — Human Rights Watch va Care International kabilar ham bor, deb yozadi gazeta.