39 yoşli rossiyalik boksçi Aleksandr Ustinov joriy yil dekabrida ukrainalik sobiq jahon çempioni Vladimir Kliçko bilan jang ötkazişi mumkin. Ayni vaqtda Kliçko jamoasi 10 dekabrda bölişi kerak bölgan jang uçun raqib qidirmoqda. 

Dastlab Kliçko britaniyalik Tayson Fyuri bilan revanş jang ötkazişi kerak edi. Biroq bu jang Fyurining tayyor emasligi sababli yöqqa çiqqan. Şundan keyin Kliçkoga qarşi Fyurining örniga Entoni Joşua jang qilişi haqida xabar paydo bölgan. Biroq keyin bu jang ham bölmasligi haqida xabar qilingan. Endi esa boxingscene.com ma'lumotlariga köra, avstraliyalik Lukas Braun bilan muzokaralar ketmoqda. Şu bilan bir vaqtda rossiyalik boksçi nomzodi ham qaralmoqda. Ustinov WBA reytingida Kliçkodan keyin 3-örinda turibdi.

Kuzda Ustinov kubalik Luis Ortisga qarşi jang ötkazişni rejalaştirgandi, biroq jang bölmagan. Ustinov ayni vaqtda 34 ta jangdan 33 ta ğalabaga erişgan va bitta mağlubiyatga uçragan. Kliçko esa 68 ta jangdan 64 tasida ğolib bölgan, 4 tasida esa mağlubiyat naşidasini tortgan.