AQŞ davlat kotibi Jon Kerrining sözlariga köra, Suriya inqirozini Rossiya va Eron iştirokisiz hal etiş mumkin emas.
«Bir yil muqaddam, Suriya böyiça Xalqaro guruh taşkil etilgan edi. Unga mazkur muammoga aralaşgan barça tomon, xususan Rossiya va Eron ham jalb qilindi. Kimdir şunday deyişi mumkin: siz bular bilan nimaga muzokaralar davrasida ötiribsiz? Çunki, ular bu jarayonda iştirok etmoqda, ularsiz yangi kelişuvlarga erişiş yangi muammolarni yaratişni anglatadi» — degan Kerri Xalqaro munosabatlar böyiça Çikago kengaşida.
AQŞ boş diplomatining qayd etişiça, «muammoni qoçqinlarga şunçaki mablağ ajratiş» bilan emas, aksinça, «köptomonlama diplomatik çoralar köriş» vositasida hal etiş mumkin.
Eslatib ötamiz, 15 oktabr kuni Lozannada Rossiya, AQŞ, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Misr, Iroq, Iordaniya diplomatlari va BMTning Suriya böyiça maxsus vakili Staffan de Mistura iştirokida Suriya muammosiga bağişlangan muzokaralar bölib ötdi. Unda, Suriyani yaxlit, mustaqil va dunyoviy davlat sifatida saqlab qolişga kelişib olindi.












