"Özbekiston temir yöllari" kompaniyasi sifati tez buziladigan mahsulotlarni refrijyerator seksiyalarida eksport uçun taşiganda olinadigan 3700 dollar miqdoridagi qöşimça yiğimni yil oxiriga qadar töxtatib turadigan böldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şuning uçun, eksportga ortilayotgan mahsulot hududlarini Özbekiston respublikasi çegarasigaça taşiş masofalarining uzoqligini hisobga olib, yöl tölovlariga 30 foizdan 60 foizgaça pasaytirilgan tarif stavkalari koeffitsiyenti qöllaniladi. Refrejyerator seksiyalariga ortiş muddati imtiyozli 4 kungaça uzaytiriladi.
Şuningdek, «Yölreftrans» AJga tegişli refrijyerator seksiyalarida eksportga jönatiladigan yangi meva-sabzavot mahsulotlarini yuklaşda imtiyozli muddat joriy etildi va yuk taşuvi uçun KTZ Express AJ orqali haq tölanganda yangi meva-sabzavot mahsulotlarini Qozoğiston Respublikasi hududi orqali tranzit yuk taşişga 30 foizlik çegirma berildi.
Kompaniyaning bildirişiça, bir refrijyerator seksiyasida taşiladigan yuk hajmi 200 tonnani taşkil etadi. Taqqoslaş uçun: bir yuk avtotransporti 20 tonnagaça, aviatransport 50 tonnagaça yuk taşişi mumkin.
Temir yöl transportining yana bir ustunligi şundaki, yuk taşuvçi poyezd uçun ob-havo şaroitlari noqulaylik tuğdirmaydi va qat'iy jadval böyiça harakatlanadi.












