Turkiya turizm vazirligi şu yilning ötgan davriga oid statistika ma'lumotlarini taqdim etdi. Unga köra, 2016 yil boşidan beri Turkiyaga taşrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni, ötgan yilning şu davriga nisbatan 31,96 foizga kamaygan. 

Hisobotda yozilişiça, 2016 yilning 9 oyi mobaynida Turkiyaga 20,25 mln xorijiy sayyoh taşrif buyurgan. Bu ötgan yilning şu davridagi körsatkiçdan salkam 10 mln kişi (29, 76 million)ga kam demakdir.

Tadqiqot natijalariga köra, sayyohlar soni may oyidan buyon har oy 30 foizdan qisqarib bormoqda. Iyun (40,86 foiz) va avgust oylari (37,96) sayyohlar eng kam taşrif buyurgan oylar bölgan.

Turkiyaga boruvçi rossiyaliklar soni qariyb 60 foizga qisqargan va jami sayyohlarning 7 foizini taşkil etgan. Ammo, Germaniya, Buyuk Britaniya va gruziyaliklar sentabr oyi röyxatida yetakçilik qilgani aytiladi. Şu bilan birga, bu mamlakatlardan kelgan sayyohlar soni ham ötgan yil bilan qiyoslaganda uçdan birga qisqargan. 

Hurriyet gazetasining yozişiça, Turkiyaga sayyohlar oqimining kamayişiga, mamlakatda sodir etilgan qöporuvçiliklar va harbiy davlat töntarişiga uriniş kabi voqealar sabab bölgan.