24−30 oktabr kunlari Xitoyda professional tennisçi ayollar örtasida yutuq jamğarmasi 50 ming AQŞ dollari bölgan ITF Liuzhou Open musobaqasi ötkazildi.

Gazeta.uz xabariga köra, özbekistonlik tennisçi Sabina Şaripova va amerikalik tennisçi Jaklin Kako juftligi finalda rossiyalik tennisçilar juftligi Veronika Kudermetova va Aleksandra Pospelova bilan kuç sinaşdi. Final bahsi 2/6 4/6 natijasi bilan nihoyasiga yetdi va Sabina Şaripova va Jaklin Kako juftligi musobaqaning kumuş medalini qölga kiritdi. 

Öyin 1 soatu 5 daqiqa davom etdi. Sportçi musobaqa yakunlariga köra, 48 oçko jamğardi va 1393 dollarlik pul mukofotini qölga kiritdi.