Prezidentning tennisni ommalaştiriş va rivojlantirişga oid qaroriga köra, öquvçilarning qiziqişi hamda mavjud sport infratuzilmasidan kelib çiqib, tennis rivojlantiriladigan maktablar tanlab olinadi.
Uşbu maktablarda tennis böyiça sport seksiyalari taşkil etiladi. Ularning moddiy-texnika bazasi yaxşilanib, Özbekiston tennis federatsiyasi mablağlari hisobidan sport inventarlari, jumladan, tennis wall - tennis maşğulotlari uçun devor moslamalari bilan jihozlanadi.
Maşğulotlarni maktab joylaşgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar olib boradi.
Qaror bilan Osiyo va Paraosiyo öyinlari ğoliblari, sovrindorlari hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorlariga ham özgartiriş kiritildi.
Sportçilar uçun mukofotlar quyidagiça belgilandi:
- oltin medal uçun - 25 000 AQŞ dollari;
- kumuş medal uçun - 12 500 AQŞ dollari;
- bronza medal uçun - 6 250 AQŞ dollari.
Ğolib va sovrindor sportçilarni tayyorlagan trenerlarga esa quyidagi miqdorlarda mukofot beriladi:
- oltin medal uçun - 10 000 AQŞ dollari;
- kumuş medal uçun - 5 000 AQŞ dollari;
- bronza medal uçun - 2 500 AQŞ dollari.
Tegişli özgartirişlar prezidentning 2023-yil 7-apreldagi PQ–114-son qarori 7-ilovasining 9- va 10-bandlariga kiritilgan.












