Qozoğiston vakili Yelena Ribakina öz faoliyatida ilk bor dunyoning birinçi raketkasiga aylanadi.
Ribakina 9-sentabr kuni US Open turnirining yarimfinaliga çiqqaç, jahon reytingida birinçi örinni kafolatladi. Bu rasman 14-sentabr kuni, reyting navbatdagi marta haftalik yangilanganidan söng yuz beradi.
Moskvada tuğilgan 27 yoşli Ribakina 2018-yildan buyon Qozoğiston şarafini himoya qilib keladi. Bungaça u Rossiya vakili sifatida qatnaşgan.
Rossiyada Ribakina professional faoliyatini moliyalaştiriş uçun yetarli darajada mablağ topa olmagan, Qozoğiston tennis federatsiyasi esa unga mamlakat nomidan qatnaşiş evaziga moliyaviy yordam va maşğulot bazalarini taklif qilgan.
Ribakina jahon reytingida peşqadamlik qilgan tarixdagi 30-tennisçi va Qozoğistonning birinçi vakili böladi.
Ayni paytda dunyoning birinçi raketkasi belaruslik Arina Sobolenko hisoblanadi. U yuz haftadan oşiq vaqtdan beri reytingni boşqarib kelmoqda.

















