“Toşissiqquvvat” işlab çiqariş birlaşmasi Mirobod tumani filiali rahbari Muxammedov F.X. fuqaro murojaatini körib çiqişda kamçilikka yöl qöyilgani tufayli lavozimidan olindi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.
"Toşkent şahar Mirobod tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Ye.Karavaykinadan issiqlik quvvati bilan ta'minlaş masalasida kelib tuşgan murojaatni körib çiqişda yöl qöygan kamçiliklari uçun Mirobod tumani hokimi (Kadirov)ga hayfsan e'lon qilindi va “Toşissiqquvvat” işlab çiqariş birlaşmasi Mirobod tumani filiali rahbari (Muxammedov) egallab turgan lavozimidan ozod etildi", deyilgan xabarda.
Sahifada keltirilişiça, Toşkent şahar hokimi Usmonovga Özbekiston Respublikasi Boş vazirining elektron qabulxonasiga aholi va tadbirkorlardan eng köp ariza va şikoyatlar tuşganligi, murojaatlarni körib çiqiş va hal etiş muddatlarini asossiz buzilişiga yöl qöyganligi körsatib ötildi hamda murojaatlarni vaqtida va qonuniy hal etilişi böyiça aniq çoralar köriş topşirilgan.
Bundan oldinroq Şavkat Mirziyoyev Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktoriga hayfsan e'lon qilişga körsatma bergani xabar qilingandi.
Şuningdek, Pop hokimi Boş vazir virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlarni hal etişda soxtalikka yöl qöygani uçun hayfsan olgan.












