Rossiya şarafini himoya qiluvçi qozoğistonlik 12 yoşli Bibisora Asauboyevaga Moskva viloyati, Ximki şahri ma'muriyati tomonidan kvartira sovğa qilindi. Bu haqida  Chess-news.ru naşri ma'lum qildi.

Manbada ta'kidlanişiça, şaxmat tarixida bunaqasi bölgan emas. Katta yoşli jahon çempionlari ukrainalik Anna Uşenina va Mariya Muziçuklar hali-hanuz va'da qilingan kvartirani olişmagan, Rossiyada esa kuçli  grossmeysterlarga faqat avtomobil sovğa qilişgan. 
 
Asauboyevaning yangi uyida ta'mirlaş işlari ötkazilgan. Sportçi unga ajratilgan kvartiraga köçib ötgan. 

31 oktabrda Bibisora Asauboyeva öz faoliyatida beşinçi marta bolalar orasidagi jahon çempionatida ğolib bölgan. Bu uning uçun Rossiya bayroği ostidagi ilk ğalabadir. U sentabr oyi boşida Rossiya terma jamoasiga kelib qöşilgan. 

12 yoşli Bibisora Taraz şahrida tuğilgan va bir neça marta şaxmat böyiça mamlakat çempioni bölgan. 7 yoşida unga FIDE ayollar ustasi unvoni berildi - bu esa rekord natija hisoblanadi. 

Qozoğiston şaxmat federatsiyasida sportçining Rossiyaga ketişini qizning özi va Liana Tanjarikovaning (sportçining onasi va murabbiyi) qarori, deya izohlaşdi.