Rossiya Davlat dumasi deputati Mixail Degtyarev (LDPR) yordamçisi bölgan va Suriyaga jang qilgani ketgan Sergey Morozov 9 mart kuni Suriyada halok bölgan, deb ma'lum qildi 3 noyabrda Reuters axborot agentligi. Agentlik ma'lumotlariga köra, u Palmira şahri yaqinida artilleriya otişmasiga tuşib qolişi oqibatida yaralangan, biroq şifoxonaga yölda halok bölgan.
Degtyarev Reuters axborot agentligiga 38 yoşli Morozov uning dösti bölganini va Palmira jangarilar nazorati ostida bölganda u yerdagi janglarda halok bölganini tasdiqladi.
Agentlikning ta'kidlaşiça, yil boşi yuzlab rossiyalik jangçilardan iborat bölgan va Suriya prezidenti tomonida jang qilgan bölinma uçun omadsiz kelgan. Ta'kidlanişiça, Morozovgaça 3 fevralda Halabda jangarilar bilan otişmada uning tengdoşi Maksim Kolganov ham halok bölgan.
Agentlikning ta'kidlaşiça, halok bölgan jangçilar oilalariga medallar topşirilgan. Kolganov ham, Morozov ham harbiylar bölmaganlar, ular Suriyada yollanma jangçilar sifatida jang qilganlar.












