Özbekistonda yana uçta yangi – Farğona viloyatida "Qöqon", Samarqand viloyatida "Urgut" va Buxoro viloyatida "Ğijduvon" erkin iqtisodiy hududlari yaratiladi. Bu haqda Özbekiston boş vaziri birinçi örinbosari Rustam Azimov Bişkekda ötayotgan Şanxay hamkorlik taşkiloti yiğilişida ma'lum qildi.
Azimovning aytişiça, bu hududlarning yaratilişi taşabbusini boş vazir Şavkat Mirziyoyev bildirgan. 26 oktabrda Mirziyoyev tomonidan şu maqsadda "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollaştiriş va kengaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmon imzolandi. Bu farmon töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni yangi yuqori texnologik işlab çiqarişlarni yaratişga jalb qiliş uçun şaroitlarni yaratişga qaratilgan.
"Bu farmonga köra, xorijiy investorlarga ular tomonidan "Navoiy", "Angren" va "Jizzax" erkin iqtisodiy hududlarida faoliyatlarini amalga oşirişda misli körilmagan qöşimça bojxona va soliq imtiyozlari taqdim qilinadi", deb aytdi Azimov.
Ayni vaqtda Özbekistonda uçta – "Navoiy", "Angren" va "Jizzax" erkin iqtisodiy hududlari faoliyat körsatmoqda.












