Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni Navoiy viloyati saylovçilari bilan uçraşdi.
Uçraşuvni “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi" aksiyadorlik jamiyati boş direktori Q.Ğaniyev oçdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev öz saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi.
Dasturda davlat va jamiyat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş, qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh etiş, iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş, makroiqtisodiy barqarorlik va izçil ösiş sur'atlarini ta'minlaş, ijtimoiy sohani rivojlantiriş, mamlakatimizdagi tinçlik va hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Unda ijro hokimiyati faoliyati samaradorligini oşiriş, jamoatçilik nazorati mexanizmlarini kuçaytiriş, sud hokimiyatining mustaqilligini va odil sudlovni ta'minlaş, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş, mahalliy byudjyetlarning daromad bazasini kengaytiriş, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantiriş, ozuqabop va eksportbop ekinlarni köpaytiriş, aholi bandligini ta'minlaş, hayot sifati va farovonligini yuksaltiriş kabi muhim masalalar öz ifodasini topgan.
Uçraşuv videokonferensiya şaklida ötdi. Navoiy şahri va viloyatning barça tumanlari markazidan saylovçilar nomzodning dasturi yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.
Viloyatning bir qator fayxriylari, turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan faollari va boşqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qilişini ta'kidlab ötdilar. Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari milliy qonunçiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga töla mos ravişda ötayotgani qayd etildi. Saylovçilar 4 dekabr kuni böladigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol iştirok etişga çaqirildilar.
Şavkat Mirziyoyev şu kuni şuningdek Buxoro viloyati saylovçilari bilan ham uçraşdi.
Uçraşuvni Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengaşi raisi F.Aminov oçdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev öz saylovoldi dasturi yuzasidan ma'ruza qildi.
Dasturda iqtisodiy islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, sanoatga zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş va yangi işlab çiqariş korxonalarini barpo etiş, investitsiyaviy muhitni yanada yaxşilaş va eksport hajmini köpaytiriş, xususiy mulk va tadbirkorlik sohasini keng rivojlantiriş, fermerlik harakatini yangi bosqiçga kötariş, aholi bandligini ta'minlaş, hayot sifati va darajasini izçil yuksaltiriş, barça davlatlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş kabi muhim masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.
Dasturda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuksalişida katta ahamiyatga ega bölgan turizm sohasini jadal rivojlantiriş böyiça dastur qabul qiliş nazarda tutilgan. Sohadagi boşqaruv tizimini takomillaştiriş, turistlar uçun viza beriş va röyxatga oliş tartib-taomillarini soddalaştiriş, yangi sayyohlik marşrutlarini yaratiş, turizm infratuzilmasining izçil rivojlanişini ta'minlaş, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, turizmni rivojlantiriş böyiça maxsus iqtisodiy zonalar taşkil etiş zarurligi qayd etilgan.
Videokonferensiya tarzida ötkazilgan yiğilişda viloyatning barça şahar va tuman markazlaridagi saylovçilar bilan oçiq muloqot böldi.












