Turkiyaning Limak İnshaat Sanayi ve Ticaret va Qatarning Hamad Bin Khalid Contracting Company kompaniyalari konsorsiumi “Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va boşqariş böyiça xalqaro tender ğolibi deb topildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladi. Unga köra, xususiy şerik soatiga 1 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega terminal, avtoturargoh va tegişli infratuzilmani qurib, boşqaradi. Davlat esa aerodrom majmuasi - uçiş-qöniş yölagi va perron qurilişi uçun masʼul böladi.
Loyihaning umumiy muddati 23 yilni taşkil etadi. Şundan 3 yilgaça bölgan davr quriliş işlariga ajratiladi.
Maʼlumot uçun, Limak xalqaro aeroportlarni quriş va boşqarişda, jumladan Kosovo va Senegaldagi loyihalarda iştirok etgan. HBK Contracting esa Qatardagi “Lusail” stadioni qurilişining boş pudratçisi bölgan.













