Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni Samarqand viloyati saylovçilari bilan uçraşdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Uçraşuvni ÖzLiDePning Samarqand viloyati kengaşi raisi M.Xolmuhamedov oçdi.
Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar natijasida mamlakatimizning barça hududlari qatori Samarqand viloyati ham har tomonlama ravnaq topmoqda. 2010 yildan buyon yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobar ösgan va bu sur'at izçil davom etmoqda. Viloyat iqtisodiyoti tarkibida sanoatning uluşi 2011 yilda 18 foizni taşkil etgan bölsa, 2016 yil yakuni bilan 23,8 foizga yetişi kutilmoqda. Keyingi beş yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi qöşma va xorijiy korxonalar taşkil etilib, ularning soni 259 taga yetgan. Mazkur korxonalar tomonidan yiliga 2,5 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev öz saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi.
Dasturda davlat va jamiyat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş, qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh etiş, iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş, makroiqtisodiy barqarorlik va izçil ösiş sur'atlarini ta'minlaş, ijtimoiy sohani rivojlantiriş, mamlakatimizdagi tinçlik va hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Unda ijro hokimiyati faoliyati samaradorligini oşiriş, jamoatçilik nazorati mexanizmlarini kuçaytiriş, sud hokimiyatining mustaqilligini va odil sudlovni ta'minlaş, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş, mahalliy byudjyetlarning daromad bazasini kengaytiriş, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantiriş, ozuqabop va eksportbop ekinlarni köpaytiriş, aholi bandligini ta'minlaş, hayot sifati va farovonligini yuksaltiriş kabi muhim masalalar öz ifodasini topgan.
Uçraşuv videokonferensiya şaklida ötdi. Samarqand şahri va viloyatning barça tumanlari markazidan saylovçilar nomzodning dasturi yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.










