(Photo: Twitter)

8 noyabr kuni Twitter ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari AQŞ prezidentlik saylovlari kuni 75 mln marotaba uşbu mavzuda tvit qilişgan, deb xabar qilmoqda USA Today naşri.

Şunday qilib, tarmoq foydalanuvçilari 2012 yilgi saylov kunida örnatilgan rekordni yangilaşdi. Öşanda 31 mln marta tvit yozilgan edi. 

Öz navbatida, Facebook ijtimoiy tarmoği ham saylovlar kuniga oid hisobotini e'lon qilgan. Unga köra, 8 noyabrda foydalanuvçilar 716 mln martaga yaqin saylov mavzusida xabar, izoh qoldirişgan yoki “yoqdi” tugmaçasini bosişgan.