AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Antarktikaga taşrif buyurdi. Bu haqida Associated Press xabar berdi. 

Ma'lum bölişiça, Kerri mazkur janubiy qutbni ziyorat qilgan eng yuqori martabali rasmiy şaxs böldi. 

Tajribali uçuvçi bölgan davlat kotibi parvozning aksariyat qismini uçuvçilar kabinasida ular bilan suhbatlaşib ötkazdi. 

Şuningdek Kerrining Mak-Merdo stansiyasiga taşrifi kutilmoqda, u yerdan AQŞning Janubiy qutbdagi ilmiy-tadqiqot institutiga yöl oladi.

Davlat kotibi "Antarktikadagi iqlim özgarişi qanday ta'sir körsatayotganini yaxşiroq tuşuniş uçun" ilmiy xodimlar bilan uçraşişni rejalaştirgan.