AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp rahbarligining birinçi yuz kunida AQŞni Transtinç okeani hamkorligidan olib çiqadi. Politico naşri ixtiyoriga kelib tuşgan Tramp ştabining içki hujjati, aniqroği «yöl xaritasi»ga asoslangan holda şu haqda yozmoqda.
Hujjatda aytilişiça, Tramp birinçi 100 kun davomida, ma'lum bir şartlar bajarilmasa, AQŞni Transtinç okeani hamkorligi va Şimoliy Amerika erkin savdo hududidan olib çiqişi mumkin.
Yangi prezident, şuningdek, Xitoyni rasman «valyuta manipulyatori» deb e'lon qiladi hamda Amerika kompaniyalarining xorijda xarid qilinişida amerikalik sarmoyadorlar uçun bir xil imkoniyatlar taqdim etilgani borasida tekşiruvlarga körsatma beradi.
Ta'kidlanişiça, yangi prezidentning «yöl xaritasi» Trampning saylovoldi kampaniyasida aytgan bayonotlariga asoslangan. Şu bilan birga, Qöşma Ştatlarning yangi rahbari belgilangan rejaga oğişmay amal qilişiga heç qanday kafolat berib bölmaydi, deb yozadi naşr.
Tramp oktabr oyidayoq, öz prezidentligining ilk 100 kunligi rejalari haqida söz yurita boşlagan edi.












