Bugun Dörmonda Özbekiston madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning dafn marosimi bölib ötdi. Marhum peşin mahali Toşkentdagi «Çiğatoy» qabristoniga dafn etildi.
Şoirni sönggi manzilga kuzatiş uçun qarindoşlari, döstlari, şoirlar, yozuvçilar, madaniyat va san'at olami vakillari, davlat va jamoat taşkilotlarining xodimlari jam bölişdi.
Dafn marosimida Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etgan va marhumning Dörmondagi hovlisida ta'ziya bildiriş uçun kelganlarni kutib olgan.
Boş vazir tomonidan bildirilgan ta'ziya ÖzA saytiga joylaştirilgan.
Özbek adabiyoti va madaniyati oğir judolikka uçradi.

Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri, atoqli jamoat arbobi Abdulla Oripov 75 yoşida vafot etdi.
Abdulla Oripov 1941 yili Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Neköz qişloğida tuğildi. 1963 yili Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini tamomladi.
U öz mehnat faoliyatini “Şarq yulduzi” jurnalida adabiy xodim sifatida boşladi. Keyinçalik mamlakatimizning turli naşriyotlarida muharrir, “Gulxan” jurnali boş muharriri, Mualliflik huquqini himoya qiliş respublika agentligi direktori vazifalarida mehnat qildi. Köp yillar mobaynida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida faoliyat körsatib, adabiy maslahatçilikdan uşbu nufuzli ijodiy taşkilotning raisi lavozimigaça bölgan mas'uliyatli yölni bosib ötdi.
Ulkan söz san'atkori, nodir iste'dod egasi Abdulla Oripovning betakror ijodi teran milliy ruhi va hayotiyligi bilan özbek adabiyoti xazinasidan munosib va mustahkam örin oldi. U özining sermazmun, badiiy yuksak şe'r va dostonlari, dramatik va publitsistik asarlarida ona yurtimiz va xalqimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuyğusini beqiyos mahorat bilan tarannum etdi.
Abdulla Oripov mustaqil Vatanimiz – Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi sifatida el-yurtimiz qalbidan çuqur joy egalladi.
Xalqimizning ardoqli farzandi bölgan atoqli şoir yarim asrlik serqirra ijodiy faoliyati davomida “Mitti yulduz”, “Közlarim yölingda”, “Onajon”, “Ruhim”, “Yurtim şamoli”, “Hayrat”, “Yillar armoni”, “Hikmat sadolari”, “Ezgulik”, “Şoir yuragi”, “Men neçun sevaman Özbekistonni”, “Istiqlol manzaralari”, “Ranglar va ohanglar”, “Menga xuş xabar ayt”, “Everest va ummon” kabi şe'riy kitoblari, “Hakim va ajal”, “Jannatga yöl”, “Sohibqiron” singari çuqur falsafiy ruhdagi dramatik asarlari, jahon adabiyotining Dante, Aleksandr Puşkin, Taras Şevçenko, Rasul Hamzatov, Qaysin Quliyev kabi mumtoz namoyandalari merosidan qilgan badiiy yetuk tarjimalari bilan ulkan ijodiy maktab yaratdi. Uning turli janrdagi önlab asarlari dunyoning köplab tillariga tarjima qilindi.
Ayniqsa, istiqlol yillarida Vatanimiz ozodligini, xalqimizning erkin va obod hayotini, milliy ğurur, inson şa'ni va qadr-qimmatini uluğlovçi şe'r va dostonlari, zamondoşlarimizning olijanob fazilatlari va fidokorona mehnati haqidagi publitsistik çiqişlari bilan jamoatçilik e'tiborini qozondi.
Abdulla Oripov uzoq yillar Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi rahbari sifatida respublikamizdagi adabiy muhit va ijodiy jarayonni jonlantiriş, şoir va yozuvçilar faolligini oşiriş, ularni yangi ijodiy marralarga yönaltiriş, yoş ijodkorlarni tarbiyalaş va professional mahoratini yuksaltiriş işlariga muhim hissa qöşdi. Ayni paytda, közga köringan jamoat arbobi sifatida mamlakatimizning madaniy hayotida faol iştirok etib, xalqimiz örtasida milliy ğoyamiz tamoyillarini keng tarğib etiş, jamiyatimizning ma'naviy asoslarini yanada mustahkamlaş yölida jonbozlik körsatdi.
Abdulla Oripov köp yillar davomida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati va Senati a'zosi sifatida ham samarali faoliyat olib bordi.
Uluğ şoir va adib Abdulla Oripovning özbek adabiyoti va san'atini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Özbekiston xalq şoiri”, “Özbekiston Qahramoni” faxriy unvonlari, Özbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Atoqli şoir, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Abdulla Oripovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, N.Yöldoşev, N.Ismoilov,
X.Sultonov, Z.Röziyev, A.Qayumov, S.Ğaniyeva,
M.Ahmedov, S.Saidov












