AQŞning Rossiyadagi sobiq elçisi Maykl Makfol Vaşingtonning rossiyaliklarga qarşi viza sanksiyalariga javoban sanksiyalar röyxatiga kiritildi, deb aytdi RIA “Novosti” axborot agentligiga Rossiya taşqi işlar vazirligidagi manba.
"Faqat Maykl Makfol har doimgidek adaşdi: u yozganidek, javob röyxatiga "Obamaga yaqin bölgani" uçun emas, balki ikki tomonlama aloqalarni barbod qilişdagi faol iştiroki va Rossiyaga qarşi bosimni bosqiçma-bosqiç qöllab-quvvatlagani uçun kiritildi", deb aytdi manba.
Manbaning ta'kidlaşiça, diplomat sanktsion röyxatdaligini bilgan.
"Menga Kreml sanksiyalari röyxatida ekanimni tasdiqlaşdi va men Rossiyaga bora olmayman", deb yozgandi avvalroq Makfol tvitterda va röyxatga "Obama bilan yaqin aloqalarda bölgani uçun" tuşganini ta'kidlab ötgan.
Sobiq elçi 2014 yildayoq Rossiyaga kirişi taqiqlangani mumkinligini aytdi, biroq u bu haqda Rossiyaga viza söragandagina bilgan.












