Bugun Seulda Janubiy Koreya terma jamoasi boş murabbiyi Uli Ştilike öyinoldi matbuot anjumanida iştirok etdi. U öz sözida 15 noyabr kungi raqib bölmiş Özbekiston terma jamoasining imkoniyatlari haqidagi fikrlarini bildirib ötgan.

“Ertangi öyin juda muhimligini siz aytmasangiz ham yaxşi anglab turibman. JÇ saralaşidagi örin uçun kuraş böladi. Özbekiston ertangi öyin natijasiga köra guruhda öz örnini mustahkamlaşga urinsa, biz 2-örinni özimizniki qilişga harakat qilamiz. Bu öyinga köp narsa “tikilgan”, deya söz boşlagan germaniyalik murabbiy.

Uning aytişiça, “Kristal Pelas” yarim himoyaçisi Li Çong Yong ertangi öyinda maydonga tuşmasligi oydinlaşgan.

Şuningdek, mutaxassis özining terma jamoa rulidagi muvaffaqiyatsiz davri haqidagi savolga javob qaytargan.

“2 yillik boşqaruvim davomida bunday holat kuzatilmagandi. JÇ saralaş bosqiçida şunaqasi ham bölib turadi. Şogirdlarim bilan bu haqda gaplaşib olganman. Kanada bilan öyindagi muvaffaqiyat bizda özimizga bölgan işonçni qaytardi. Ertaga ham şu ruhda davom etamiz deb öylayman”, — degan u. 

Uli Ştilike bölğusi raqib Özbekiston terma jamoasi öyini va bu jamoaning imkoniyatlari haqidagi fikrlarini bildirib ötgan.

“Bu terma jamoaning nafaqat JÇ saralaşidagi 4ta öyinini, balki Iordaniya bilan ötkazgan örtoqlik öyinini ham körib çiqdim. Ularda yirik ğalaba ham, yirik mağlubiyat ham yöq. 5ta öyin davomida atigi 1ta gol ötkazib yuborişgani ularda himoya çiziği mustahkamligini anglatib turibdi. Eronga qarşi öyinda ötkazilgan gol ham standart vaziyat orqali kelib çiqqan. Biz Kanada bilan öyindagidek harakat qilişimiz lozim. Hujum va himoya çiziği hamohangligi Özbekistonni mağlub etişimizga yaxşi omil böladi”, degan murabbiy.