Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat rahbari sifatida ilk matbuot anjumani o‘tkazadi.

Jeenbekov matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, prezidentning jurnalistlar bilan uchrashuvi 19 dekabrda “Ala-Archa” davlat qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Bu matbuot anjuman Jeenbekov 2017 yil 24 noyabrda prezident lavozimiga kirishgandan keyin u bergan birinchisi bo‘ladi.

Qirg‘iziston prezidentlarining yil oxirida matbuot anjuman o‘tkazishi an'anaga aylangan. Bunday amaliyot Almazbek Atamboyev prezidentligi yillarida ham mavjud bo‘lgan: mamlakatning sobiq prezidenti jurnalistlar bilan yozda va dekabrda uchrashardi.