AQŞning patent va savdo markalari böyiça USPTO boşqarmasi Samsunğning "Tasvir sifatini yaxşilaşni ta'minlaş uçun golografik displey uskuna va vositalari"ga olgan patent buyurtmasini sir tutgan. Bu haqida 3-D News naşri xabar berdi.
Hujjatda keng hajmli tasvirni şakllantirişning yangi tizimi haqida gap bormoqda. Samsunğda körsatilişiça, an'anaviy 3D-televizorlar qöllanayotgan texnologiyalarga qarab, u yoki bu kamçiliklarga ega böladi: bu uzoq vaqt körilgandagi yoqimsiz his-tuyğular yoki maxsus közoynaklar taqiş zarurati va boşqalar bölişi mumkin.

Samsung patentlanayotgan tizimi yuqorida qayd etilgan kamçiliklardan xoli böladi (közoynaklar bundan mustasno). U golografik 3D-effektdan foydalanişni közda tutadi. Tomoşabin uçun tasvir xuddi havoda uçib yurgandek tasavvur uyğotadi, uni köriş uçun közoynak talab qilinadi.
Majmua lazer nur manbai, boşqaruv bloki, fazoviy nur modulyatori, şuningdek foydalanuvçini kuzatiş blokini öz içiga oladi. Modullarning sönggisi golografik tasvirni optimallaştiriş maqsadida közlarning joylaşuvini aniqlaşga möljallangan.
Patent buyurtmasi joriy yilning yanvarida berilgan, biroq hujjat endigina çop etilgan. Taklif qilingan tizimning amalga oşiş muddatlari haqida hozirça heç qanday ma'lumot yöq.








