Xitoyning "Şençjou-11" kosmik kemasi orbitadagi işini yakunlab, 17 noyabrda "Tyangun-2" kosmik stansiyasidan muvaffaqiyatli ajraldi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi ma'lum qildi.   

Bundan avval kema ekipaji a'zolari – sardor Tszin Xaypen va uning hamkasbi Çen Dun laboratoriyada zarur qurilmani yiğib olgan. Kema stansiyadan mahalliy vaqt bilan soat 12.41da ajragan.

Orbitada 393 km balandlikda böladigan "Şençjou-11"ning qöniş moduli 18 noyabrda Yerga qaytadi.

Taykunavtlar "Tyangun-2" laboratoriyasi bortida 19 oktabrdan beri bölişgan. Ular stansiyada umumiy hisobda 30 kun ötkazib, xitoylik fazogirlar orasida orbitada böliş böyiça rekord örnatişdi.

Kosmik kema 17 oktabrda Gobi çölidagi "Tszyutsyuan" kosmodromidan uçirilgandi.