2017 yilning boşida Toşkentda Özbekiston va Turkiya hukumatlari qöşma komissiyasining navbatdagi majlisi ötkaziladi. Özbekiston prezidenti v.b. Şavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Samarqandda ötkazgan muzokaralarida şu haqda kelişib olingan. Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida Özbekiston – Turkiya sarmoyaviy forumi ham taşkil etiladi. 

Davlat rahbarlari uşbu uçraşuv davomida erişilgan kelişuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga kötarib, özaro manfaatli sohalarda hamkorlikning yangi sahifasini oçişga xizmat qilişiga qat'iy işonç bildirdilar.

Suhbat çoğida savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ham atrofliça muhokama qilindi. 

Turkiya Özbekistonning an'anaviy va muhim savdo şeriklaridan biridir. 2015 yilda özaro savdo hajmi 1,2 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan. Ammo tomonlar qayd qilganidek, bu raqamlar mamlakatlarimiz salohiyatini aks ettirmaydi. Bu miqdorni yaqin yillar içida 2-3 marta oşiriş uçun yetarli imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi.

Hozirgi kunda Özbekistonda Turkiyaning 500 ga yaqin firma va kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan Turkiya sarmoyasi hajmi 1 milliard dollardan oşadi.