Turkiyada davlat töntaruviga uriniş işi böyiça hibsga olinganlar saqlanadigan turmalarda zenit qurollari örnatilgan, deb ma'lum qildi Anadolu axborot agentligi. 

Zenit qurollari Anqaradagi Sinjan, Izmirdagi Şakran va Istanbuldagi Silivri turmalarida Turkiya adliya vazirligi körsatmasi bilan paydo böldi. Vazirlik hibsga olingan isyonçilar saqlanadigan turmalar qöriqlanişini kuçaytirişga körsatma bergan. Şuningdek, Turkiya huquq-tartibot muassasalari tomonidan fitnaçilar isyon kötarmoqçi va qoçmoqçi ekanligi haqida axborot olgandan keyin turmalar xodimlari soni oşirilgan.

16 iyulga ötar keçasi Turkiyada bir guruh fitnaçilar davlat töntaruviga urinişni amalga oşirgan. Töntaruv vaqtida 240 dan köproq kişi halok bölgan, 2 mingdan köproq odam jarohat olgan. Isyon bostirilgan.

Turkiyada isyondan keyin 32 mingga yaqin kişi hibsga olingan hamda 70 mingdan köproq davlat xizmatçilari öz işidan böşatilgan yoki çetlatilgan.