08:42 / 21.11.2016
4008

Merkel Germaniya kansleri lavozimiga navbatdagi muddatga nomzodini qo‘yishini rasman ma'lum qildi

Foto: © AFP

Germaniya kansleri Angela Merkel 2017 yilda Germaniya kansleri lavozimiga 4-muddatga nomzodini qo‘yishini rasman ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

"Men bu haqda cheksiz ko‘p o‘yladim. Kantsler kursisida 11 yil o‘tirgandan keyin 4-muddatga borish – oddiy ish emas", deb aytdi Merkel.  

Merkel bu istagi haqida avvalroq Berlinda partiyasining yopiq yig‘ilishida gapirib o‘tgandi.

 

Mavzuga oid
Top