Olaf Şols boşçiligidagi Germaniya hukumati kansler Angela Merkel boşçiligidagi avvalgi kabinetga qaraganda ança katta hajmdagi qurol va harbiy texnika eksportini tasdiqladi. 2021 yilning oktyabridan 2024 yilning dekabrigaça Berlin umumiy qiymati 39 milliard yevroga teng eksport litsenziyalarini berdi, 2018 yildan 2021 yilgaça bu körsatkiç 23,6 milliard yevroga teng edi. Bu ma’lumotlar Germaniya Iqtisodiyot vazirligining 7 fevral, juma kuni axborot agentliklari tomonidan e’lon qilingan "Sara Vagenknext ittifoqi"dan Bundestag deputati Sevim Dagdelenning parlament söroviga javobida keltirilgan.
Eng katta ösiş Yevropa Ittifoqi va NATOdan taşqaridagi mamlakatlarga qurol eksporti bölib, 10,8 milliard yevrodan 25,5 milliard yevrogaça bölgan. Şu bilan birga, uçinçi mamlakatlarga yetkazib berişning eng katta uluşi — 14,8 milliard yevro — uçinçi yildirki Rossiyaning keng kölamli bosqiniga qarşi kuraşayotgan Ukrainaga töğri keldi. Yevropa Ittifoqi yoki NATO mamlakatlariga qurol yetkazib beriş uçun ruxsatnomalar soni deyarli özgarişsiz qoldi.
Sevim Dagdelen bu raqamlarni Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) va «svetofor koalitsiyasi» parçalanganidan keyin 23 fevralga belgilangan navbatdan taşqari parlament saylovlariga qadar Germaniya hukumatida işlaşda davom etayotgan «Ittifoq-90/«yaşillar» partiyasi tomonidan «muvaffaqiyatsizlikni siyosiy tan oliş» deb bilişini aytdi. «Germaniya taşqi siyosati özining asosiy vazifasini harbiy mojarolarni diplomatiya yöli bilan hal qilişdan köra, qurol-yaroğ yetkazib beriş, iqtisodiy sanksiyalar va duşman obrazini tarqatiş orqali qöllab-quvvatlaşda körmoqda», — deya ta’kidladi Dagdelen.













