«Old Trafford» stadioni xavfsizlik xizmati xodimlari Angliya çempionatining 12-turida «Mançester Yunayted» va «Arsenal» örtasidagi öyin oldidan öyinga çiptasiz kirmoqçi bölgan 2 talabani tutişdi.

The Telegraph naşrining aniqlik kiritişiça, «MYu»ning muxlisi bölgan 2 yigit ötgan haftaning juma kunida stadionga kelib, sayr qilişgan. Ekskursiya yakunida ular stadion hojatxonasiga kirib yaşirinişgan va tunni şu yerda ötkazişgan.

Öyin oldidan stadion sinçiklab tekşirilayotgan mahalda stadion xodimlari ularni uşlab olişgan. Ular politsiyaga olib borilgan.

«Mançester Yunayted» rasmiysi bu talabalarning tutgan yölini qoralab çiqqan, lekin ular xavfsizlikka tahdid qilişmagani, çunki stadionga kirişdan oldin metalli detektordan ötişganini qayd etib ötgan.