Suriya şimolida "Frot qalqoni" nomi ostidagi harbiy amaliyotlarini davom ettirayotgan Turkiya armiyasi kun davomida IŞIDning 93 obekti böylab zarbalar berdi. Bu haqda Turkiya boş ştabi ma'lum qilgan.

"IŞID tasarrufidagi hududda joylaşgan 93 nişonga zarba berildi. Zarbalar orqali taşkilotning boşqaruv punktlari, qurol-yaroğ omborxonalari, mudofaa istehkomlari va transport vositalari yöq qilindi.

Suriya şimolida muxolifat kuçlari nazorat qilayotgan hudud maydoni  1800 kvadrat kilometrni taşkil qilmoqda, bu hududda 215ta aholi punktlari joylaşgan. Janglar davomida bir harbiy yaralandi", — deyilgan xabarda.

Turkiya armiyasi şu yilning 24 avgustida IŞIDga qarşi kuraş doirasida Suriya şimoliga tanklarini olib kirdi va "Frot qalqoni" amaliyotini boşladi. Keyinroq harbiy harakatlar Suriya şimolidagi kurdlarga qarşi ham qaratilgani ma'lum böldi.