AQŞ koinotga yangi harbiy harakatlar olib boriş uçun yangi maydon sifatida qaramoqda. Bu haqda AQŞ harbiy-havo kuçlari vaziri Xezer Uilson Pentagondagi brifingda aytib ötdi.
“Biz koinotni harbiy harakatlar olib boriladigan hudud sifatida körişga ötmoqdamiz”, deb aytdi Uilson.
Uilsonning aytişiça, 2018 yilda Pentagon koinot işlanmalarining “iqtisodiy foydali modernizatsiyasi” uçun xarajatlarni 20 foizga oşirişni rejalaştirmoqda.
“Biz faoliyatimizning barça yönalişlari böyiça öz qudratimizni oşiriş uçun koinot sohasidagi modernizatsiyani ilgari suramiz”, deb qöşimça qilgan vazir.
Uning eslatişiça, ötgan haftada Vaşington 100 mln dollar ajratilişi közda tutilayotgan Space Enterprise Consortium dasturi boşlanişini e'lon qilgan.
“Bu dastur yordamida imkoniyatlarimizni jadal kengaytiriş maqsadida koinotda köproq tajriba ötkaziş va modellaştiriş bilan şuğullanamiz”, deb ta'kidlab ötgan Uilson.
AQŞ HHK ştabi boşliği general Devid Goldfinning aytişiça, xalq amerikalik harbiylardan “hujumdan erkinlik va harakatlar erkinligini” közda tutuvçi koinotdagi ustunlikni kutmoqda.












