Turkiya qurolli kuçlari va Suriya muxolifati otryadlari «Frot qalqoni» amaliyoti davomida IŞID nazoratidagi Al-Bob şahrini ozod qildi. Bu haqda Turkiya boş ştabi ma'lum qildi.
«Frot qalqoni» aksilterror amaliyoti Suriya şimolida 24 avgustdan buyon Turkiya Qurolli kuçlari qöllab-quvvatlovi ostida olib borilmoqda. Turkiya armiyasi bu amaliyotdagi iştirokini özini tahdiddan himoya qiliş, mamlakatga IŞIDdan bölayotgan tahdidni yöq qiliş bilan asoslaydi.

Amaliyot doirasida Suriyaning Turkiyaga çegaradoş hududlarini terrorçilardan tozalaş, gumanitar yordam yetkazib beriş va IŞIDga qarşi xalqaro koalitsiyani qöllab-quvvatlaş hisoblanadi.
«Frot qalqoni» amaliyoti davomida Suriyada 1880 kvadrat kilometr hududdagi maydon terrorçilardan tozalangan, bu hududda 228 aholi punktlari joylaşgan.












