Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
23 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
22 noyabr tuni va 23 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Parijda ikki qatarlik qiz 5 mln dollarga tunab ketildi
Parij shimolida ikki qatarlik qizdan 5,3 mln dollardan ko‘proq qiymatdagi zebu-ziynat va shaxsiy buyumlar o‘g‘irlab ketildi.
>>> Batafsil.
AQSh sudi 31 kg keladigan ayolga istaganicha och qolishga ruxsat berdi
AQShning Nyu-Jyersi sudi anoreksiyadan (ishtahaning yo‘qligi) aziyat chekuvchi, 31 kg keladigan ayolni majburiy ravishda ovqatlantirishni taqiqlab qo‘ydi.
>>> Batafsil.
Yanukovich videoaloqa orqali so‘roq qilinadigan kun ma'lum qilindi
Kiyevning Svyatoshin tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni "Berkut" maxsus bo‘linmasining 5 nafar sobiq xodimi ishi yuzasidan 25 noyabrda videoanjuman orqali so‘roq qiladi.
>>> Batafsil.
AQSh IShIDning uch nafar yetakchisiga nisbatan sanksiyalar kiritdi
AQSh hukumati IShIDning uch nafar yetakchisiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Davlat departamenti saytida ma'lum qilingan.
>>> Batafsil.
Tramp: AQSh boshqa davlatlarning davlat tizimiga aralashmasligi kerak
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Vashington boshqa davlatlarning davlat tizimiga aralashmasligi kerakligini aytdi.
>>> Batafsil.
Quyosh tizimiga sekin-asta xavfli yulduz yaqinlashmoqda
Bizning Quyosh tizimiga sayyoramizga katta talofat keltirishi mumkin bo‘lgan xavfli yulduz yaqinlashmoqda.
>>> Batafsil.
Hindistonda valyuta islohoti doirasida 80 mlrd dollarga teng eski pullar muomaladan chiqarildi
Hindistonda valyuta islohotining dastlabki 8 kunida 80 mlrd dollarga teng eski qog‘oz pullar muomaladan chiqarildi.
>>> Batafsil.
Uch yoshli bola otasining hayotini yogurt yordamida saqlab qoldi
Uch yoshli britaniyalik Lenni-Jorj Jons ismli bola zukkoligi sababli diabetik komaga tushib qolgan otasining hayotini saqlab qoldi.
>>> Batafsil.
Apple kompaniyasi yana bir buklanuvchi iPhone’ga patent oldi

Apple kompaniyasi yana bir buklanuvchi iPhone’ga patent oldi, deb xabar bermoqda Apple Insider. Patentga muvofiq, bu smartfonning ekrani egiluvchandir.
>>> Batafsil.
YeChL. Ye guruhi. «Tottenhem» musobaqani tark etadi

Yevropa chempionlar ligasining barcha jamoada yo‘llanma uchun imkoniyat bo‘lgan guruhida, 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga kelib hamma masalaga oydinlik kiritildi.
>>> Batafsil.
YeChL. F guruhi. Yangi tarix yaratgan o‘yin

Yevropa chempionlar ligasi tarixida bir yo‘la ikkita yangi rekord qayd qilindi. «Borussiya» va «Legiya» jamoalari bu tarixning yaratilishida bosh rollarni o‘ynab berishdi.
>>> Batafsil.
YeChL. G guruhi. «Lester» ertagi Yevropada davom etadi

G guruhida birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadigan jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin uchun kurash esa so‘nggi turgacha davom etadi.
>>> Batafsil.
YeChL. H guruhi. «Yuventus» o‘tgan yilgi xatosini takrorlamadi

Deyarli pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgandek ko‘ringan «Sevilya» bu turda o‘z uyida «Yuventus»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va o‘zi uchun kutilmaganda muammo orttirib oldi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020