Yevropa çempionlar ligasi tarixida bir yöla ikkita yangi rekord qayd qilindi. «Borussiya» va «Legiya» jamoalari bu tarixning yaratilişida boş rollarni öynab berişdi.

Dortmundda keçgan uçraşuvda avvaliga YeÇL tarixidagi eng sermahsul (7ta gol) bölim qayd qilindi. Ammo bu bilan jamoalar töxtab qolişgani yöq. Ikkinçi bölimda muxlislar yana beşta golga guvoh bölişdi va bu YeÇL tarixida bitta öyinda eng köp gol kiritilgan uçraşuvga aylandi. Yakunda 8:4 hisobida ğalaba qozongan Tomas Tuxel şogirdlari 13 oçko bilan guruhda karvonboşilikni davom ettirmoqda.

«Real» esa xuddi birinçi öyinda bölgani kabi «Sporting»ni sönggi daqiqalarda boş bilan kiritilgan gol evaziga mağlub etişga muvaffaq böldi. Madridda keçgan öyinda mezbonlar Morata tomonidan sönggi soniyalarda kiritilgan gol evaziga ğalabani ilib ketgan bölsa, bu safar Benzema bu rolni bajarib berdi va jamoasiga 1-örin uçun kuraşiş imkoniyatini saqlab qolişda kömaklaşdi. «Real» hisobida 11 oçko bor. «Borussiya» va «Real» keyingi bosqiçga çiqiş masalasini hal qilib bölişgan. Sönggi turda Madridda keçadigan jamoalarning özaro öyinida guruh ğolibi nomi aniq böladi. «Sporting» va «Legiya» jamoalari esa Yevropa ligasi yöllanmasi uçun kuraş olib boradi.

YeÇL. 5-tur
F guruhi

Sporting (Portugaliya) – Real Madrid (Ispaniya) 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 29 Varan, 1:1 – 80, penalti Adriyen Silva, 1:2 – 87 Benzema.
Sporting: Ruy Patrisiu, Joau Pereyra, Koates, Ruben Semedu, Zegelar, Vilyam Karvalyu, Jyelson Martinş, Bruno Sezar (Kempbell, 62), Adriyen Silva, Ruis (Skelotto, 67), Dost (Andre, 77).
Real Madrid: Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo (Koentrau, 71), Modriç, Kovaçiç, Vaskes, Isko (Benzema, 67), Beyl (Asensio, 58), Ronaldu.
Çetlatiş: Joau Pereyra (64).

Borussiya D (Germaniya) – Legiya (Polşa) 8:4 (5:2)
Gollar: 0:1 – 10 Priyoviç, 1:1 – 17 Kagava, 2:1 – 18 Kagava, 3:1 – 20 Şaxin, 3:2 – 24 Priyoviç, 4:2 – 29 Dembele, 5:2 – 32 Roys, 6:2 – 52 Roys, 6:3 – 57 Kuxarçik, 7:3 – 81 Passlak, 7:4 – 83 Nikoliç, 8:4 – 90 Roys.