Kiyevning Svyatoşin tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçni "Berkut" maxsus bölinmasining 5 nafar sobiq xodimi işi yuzasidan 25 noyabrda videoanjuman orqali söroq qiladi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.
"Raislik qiluvçi sudya bugun uşbu qarorni qabul qildi. Tomonlardan heç kim bunga qarşi bölmadi. Şu tariqa, 25 noyabr soat 13.00da sobiq prezident Yanukoviç videoaloqa yordamida Svyatoşin tuman sudida söroq qilinadi", deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinişiça, sud zaliga Maydandagi voqealar davomida jabrlanganlar, halok bölganlarning yaqinlari, guvohlar va OAV vakillari taklif etiladilar. Yanukoviçning söroq qilinişini körişni istaganlar uçun onlayn-translyatsiya olib boriladigan alohida xona taqdim qilinadi.
Maydanda 2014 yilda odamlarni öqqa tutiş işi böyiça "Berkut" maxsus bölinmasining 5 sobiq jangçisi: Sergey Zinçenko, Pavel Abroskin, Oleg Yanişevskiy, Sergey Tamtura va Aleksandr Marinçenko hibsga olingan.
Ötgan haftada Ukraina boş prokuraturasi Maydandagi tartibsizliklar işi böyiça Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroşenkoni söroq qilgani ma'lum bölgandi.
2014 yil fevralidagi Maydandagi voqealar oqibatida Yanukoviç öz lavozimini taşlab, mamlakatni tark etişga majbur bölgandi.












