Uç yoşli britaniyalik Lenni-Jorj Jons ismli bola zukkoligi sababli diabetik komaga tuşib qolgan otasining hayotini saqlab qoldi. U 34 yoşli otasi Mark bilan birga uyda bölganda qand kasalligidan aziyat çekuvçi otasi birdan huşini yöqotib qöygan. Markning huşini yöqotişiga uning qonidagi şakar miqdorining mumkin bölgan eng kam darajadan pasayib ketgani sabab bölgan. Bu holatda erkakda juda xavfli gipoglikemik koma yuzaga kelgan, bunda agar odamga zudlik bilan yordam berilmasa, u vafot etişi ham mumkin. Baxtga qarşi bu vaqtda Markning oldida uning mitti öğlidan boşqa heç kim bölmagan. Bu haqda Mirror naşri xabar bermoqda.

Biroq zukko bolakay heç ham özini yöqotib qöymay muzlatgiçga qarab otilgan va maxsus zinaçaga kötarilib, u yerdan ikki dona şirin yogurt olgan. Söngra u plastmassa qoşiqni olib, yogurtni oçib, qoşiq yordamida uni otasining oğziga sola boşlagan. Şirinlik Markning qonidagi şakar miqdorini oşirgan va u öziga kelgan hamda dorisiga yetib bora olgan.

"Mening turmuş örtoğim birinçi turdagi qand kasalidan aziyat çekadi va kuniga 4 marotaba insulin qabul qiladi. Barçasi men yaqin orada yaşaydigan onamnikiga ketganimda sodir bölgan. Men 30 daqiqaça uyda bölmagandim, qaytganimda esa erim divanda yotardi. Men undan körinişi nega bunçalik yomonligini söraganimda, yonimda öğlim paydo bölib, dadasini qutqarib qolganini aytdi. Mark buni tasdiqladi. Öğlim dadasi öziga kelmagunça unga yogurt bergan", deb aytmoqda bolaning onasi Emma.

Agar bolakayning öz vaqtida bergan yordami bölmaganda Markning taqdiri ayançli tugaşi ham mumkin edi. Bunday jasoratdan keyin ota-ona qahramon farzandini yanada kuçliroq seva boşladi.