Yaponiya 2017 yil martigaça dunyodagi eng ixçam raketa-taşuvçini fazoga uçirmoqçi. Bu haqda Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi ma'lum qildi. 

Raketa Yer orbitasiga oğirligi 3 kg va böyi 35 sm lik TRICOM1 aloqa yöldoşini olib çiqişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, sun'iy yöldoşdan bir oydan kamroq vaqt foydalaniladi. Ayni vaqtda yaponiyalik mutaxassislar raketani Utinoura kosmodromidan uçiriş oldidan unga oxirgi sayqal berişni amalga oşirmoqdalar.

Yangi uç bosqiçli raketaning uzunligi 10 metr, diametri 50 sm, oğirligi 2,6 tonnani taşkil qiladi. U Yer orbitasiga 4 kg gaça oğirlikdagi yöldoşlarni olib çiqa oladi. Umum foydalanişda bölgan akkumulyator batareyalari va boşqa qismlar işlatilişi evaziga raketani yaratiş va uni uçiriş narxini maksimal darajada qisqartirişga muvaffaq bölingan. Umumiy xarajatlar 400 mln iyendan (3,6 mln dollar) oşmaydi.

Ayni vaqtda Yaponiya öz koinot dasturida asosan oğir raketa-taşuvçi H2A’dan foydalanadi. Bu raketaning har bir parvozi 90 mln dollarga aylanadi. Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi bu raketadan 2023 yilga kelib voz keçmoqçi. Şu yilga kelib samaraliroq H-3 raketasi yaratilişi öz nihoyasiga yetişi kerak.