Fransiya hukumatining sobiq raislaridan biri, mamlakat prezidentligi uçun nomzod Fransua Fiyon davlat rahbari Fransua Ollandning Rossiyaga yuritayotgan taşqi siyosatini be'manilikka qiyosladi va uni özgartiriş lozimligi haqida söz yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Fransua Ollandning tört yarim yildan beri Rossiyaga nisbatan olib borayotgan siyosati bema'nilikdan boşqa narsa emas, u Rossiyani yakkalanib qolişiga va öjarlik, millatçilik tomon yönaltirmoqda. Rossiya esa dunyodagi eng yirik davlat, yadroviy mamlakat va u bilan bunday muomala qiliş yaramaydi», — degan Fiyon saylovoldi bahslarida. 

Sobiq boş vazirning sözlariga köra, Parij Moskva bilan muzokaralar davrasiga ötirişi va yöqotilgan aloqalarni tiklaşi lozim. 

«Xalqaro siyosatda Fransiya öz manfaatlarini himoya qilişiga harakat qilaman. Albatta, alyansni almaştiriş Fransiya manfaatiga ziddir. Biz AQŞ hamkorimiz, şu bilan birga, Rossiya ega bölgan qadriyatlarga ham egamiz. Şuningdek, xavfsizlik sohasida AQŞ ittifoqçisi hisoblanamiz», — degan Fiyon.

Debatlarda iştirok etgan nomzodlardan Fransiyaning yana bir sobiq boş vaziri Alen Jyuppe Parijning jahon siyosatidagi yetakçilik örnini tiklaşga hamda prezident sifatida saylansa, Moskva va Vaşingtondan birini tanlaşga majbur bölmasligiga va'da bergan edi.