AQŞdagi har mingta tibbiyot xodimidan beştasi narkotik moddalar dozasining oşib ketgani sabab hayotdan köz yumadi. Avstraliyalik olimlar tadqiqoti Addiction jurnalida çop etildi.

Monaşa Universiteti mutaxassislarining ilmiy izlanişi, bu asosan qirq yoşdan oşgan va stress hamda öz joniga qasd qilişga moyil bölgan ayollar ekanini körsatdi. Hammasi bölib 2003-2013 yillarda 404 ta şunday ölim holati qayd etilgan.

“Eng köp ölim – veterinarlar orasida uçraydi. Ular jonivorlarni zaharlab öldirişda qöllaniladigan barbituratlar yordamida öz joniga qasd qilişadi”, - xabar berdi Jyennifer Pilgrim, tadqiqot boş muallifi.

Narkotiklar sabab vafot etgan tibbiyot xodimlarining deyarli yarmida avval ruhiy zaiflik yoki öziga-özi tan jarohati yetkaziş hollari kuzatilgan. Bundan taşqari, ölim holatlarining 50 foizi öz joniga qasd qilişdan iborat böldi.

Tadqiqotçilarning umid qilişiça, ularning izlanişi tibbiyot xodimlarining ruhiy soğliği muammosiga e'tibor qaratişga yordam beradi.